Faoliyat

Bosh sahifa Davlat tili va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar

bg

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha


Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy sohalarida mavjud bo‘lgan muammolarni ma’naviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali hal etish mumkin. Ma’naviyat millatni taraqqiyotga нyyetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Chunki qayerda, qaysi mamlakatda ma’naviyat yuksak darajada bo‘lsa, o‘sha joyda, o‘sha mamlakatda johillik, hasadgo‘ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxo‘rlik, g‘iybat, ko‘rolmaslik, yovuzlik, qo‘paruvchilik, o‘z vatani va xalqiga nisbatan sotqinlik, tuhmat qilish kabi salbiy illatlar, ma’naviyatsizlik ko‘rinishlariga o‘rin qolmaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.Uni amalga oshirish esa, eng avvalo, tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqozo etadi. Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir.

Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi PQ-5040-son «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilinib, respublikamizda ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilganligi bunga yaqqol misoldir.

Bugungi kunda mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bu borada Mazkur Qarorning ijrosini samarali ta'minlash maqsadida, O‘R TIV qoshidagi DKXKByurosi rahbarining tegishli farmoyishi bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha qator tadbirlar amalga oshirildi.